Ispaniya shimoli-sharqidagi Aragon muxtor jamoatining Saragosa shahrida joylashgan savdo markazida ro‘y bergan otishmada ikki kishi yaralandi. Bu haqda, El Pais nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Aragonia savdo markazida yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarda noma’lum shaxs bir necha bor o‘q uzib, voqea joyini tark etgani aytildi.
Keyinchalik savdo markazi yaqinidagi garajda erkak sobiq rafiqasiga qarata o‘q uzgani, shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringani ma’lum bo‘ldi. Ayolning qizi ham voqea joyida edi — unga zarar yetmadi. Ayol mashinani shifoxonagacha o‘zi haydab bordi. Erkakning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Izoh (0)