Amerikalik teleijodkorlar “Paxtakor” stadioniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi klub rasmiy sayti.
Rejissor Brayn Song va tasvirchi Dada Shikako “Paxtakor—79” hamda uning a’zosi Mixail An haqida hujjatli film ishlashga qaror qilgan.
Ijodkorlarning ishi uchun Mixail Anning “Paxtakor—2003” jamoasida murabbiy bo‘lib ishlayotgan o‘g‘li Dmitriy An, Idgay Tazetdinovning rafiqasi Alla Tazetdinova, “Paxtakor”ning sobiq a’zolari — ota-bola Birodar va Azamat Abduraimov intervyu bergan.
“Paxtakor” rasmiylari amerikaliklar mehmonlarni klub tarixi bilan tanishtirgan. Klub matbuot xizmati hujjatli film tayyor bo‘lgach, uni rasmiy saytga qo‘yishi haqida yozib o‘tgan.
Izoh (0)