Samarqandning “Dinamo” klubi 1979-yilning 11-avgust kuni aviahalokatga uchragan Toshkentning “Paxtakor” jamoasini xotirladi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Bundan 37 yil muqaddam aviahalokatga uchragan va “Paxtakor-79” nomini olgan jamoaning 17 nafar futbolchisi halok bo‘lgandi. Ular orasidagi eng yosh futbolchi – samarqandlik Sirojiddin Bozorov edi.
Bugun, 11-avgust kuni “Paxtakor-79” jamoasi xotirlanadi. O‘z vaqtida o‘zbek futboli namoyandasi bo‘lgan ushbu jamoa tom ma’noda xalq jamoasi edi.
“Dinamo” futbol klubi kecha, 10-avgust kuni Toshkentdagi Botkin qabristonida joylashgan “Paxtakor-79” memorial yodgorlik majmuasida bo‘lib, hamma uchun qadrli bo‘lgan jamoani yodga oldi. Marhumlarni xotirlab, ular uchun atab o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.
Izoh (0)