Gyoteborg universitetining arxeologlari Kiprdagi qazilma ishlari davomida mazkur orolda topilgan, katta boylik ko‘mib qo‘yilgan bronza asridagi 3000 yillik mozorni aniqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ekspeditsiya rahbari, tarix madaniyati professori Peter Fisherning fikricha, topilma katta ehtimol bilan oilaviy mozor bo‘lib, u yerga 9 nafar katta va 8 nafar kichik yoshdagilar dafn etilgan. Qonunga ko‘ra, undan topilgan buyumlarni Kiprdan olib chiqishga ruxsat berilmaydi. Topilmalar o‘rganilib, tahlil qilinmoqda. Shundan so‘ng ular Nikosiya yoki Larnaka muzeyiga topshiriladi.
“Topilmani pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Agar oltindan yasalgan buyumlar qora bozorga borib qolsa, gap katta miqdordagi summa haqida boradi. Shu sababli bu mavzuda hatto taxmin qilishni ham istamayman”, – dedi Peter Fisher.
Xabarda aytilishicha, ekspeditsiya guruhi topilmalarning bir qismini mamlakatdan olib chiqib, ularni astoydil tadqiq qilish uchun Kipr rasmiylariga murojaat qildi.
Izoh (0)