Turkiyada muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarishdan so‘ng 76100 nafar davlat xizmatchisi lavozimidan chetlashtirildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazir Efkan Ala ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Isyonni tashkillashtirishda aloqadorlikda gumonlanib 5171 kishi hibsga olindi, yana 16 899 kishi hibsda qolmoqda. Qo‘lga olinganlar orasida 3000 dan ortiq politsiyachi, 7278 harbiy, 2288 sudya va prokurorlar, 199 mayda amaldorlar bor. Ilgari qo‘lga olinganlardan 3601 kishi qo‘yib yuborildi, ozodlikka chiqarilgan yana 7173 kishi huquq-tartibot organlari xodimlarining nazorati ostida qoladi.
190 harbiy xizmatchi, shu jumladan, to‘qqiz general qidirilmoqda.
Vazirning ma’lum qilishicha, isyondan so‘ng joriy etilgan favqulodda holat doirasida IIV qo‘shimcha ravishda 10000 maxsus mo‘ljal qo‘shinlari xodimlarini yollamoqchi.
Izoh (0)