Toshkentdagi O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-ekskursiya mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan ishlar va ularning samaralariga bag‘ishlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Tadbirda parlament quyi palatasi deputatlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlari, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mas’ul va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullayev va boshqalar tadbirda chiqish qildi.
Tadbirda mamlakatda sohada erishilgan natijalar xalqaro jamoatchilik tomonidan keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.
Seminar-ekskursiya doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyidagi eksponatlar bilan tanishdi.
Izoh (0)