Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Doston Yoqubov 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida ishtirok etdi.
Doston Yoqubov dast ko‘tarishda avvaliga 133, keyin esa 137 kilogramm toshni eplay oldi. 140 kilogrammli toshni esa ko‘tara olmadi.
Dast ko‘tarishda moldovalik sportchi Sergey Chekir eng yaxshi natijani qayd etdi — 144 kg. Janubiy Koreyalik sportchi Von Jon Sik ikkinchi natija qayd etdi, ispaniyalik David Sanches Lopes uchinchi bo‘ldi. To‘qqiz nafar sportchi orasida bellashgan Doston Yoqubovga 7-pog‘ona nasib qildi.
Og‘ir atletika qoidalariga ko‘ra, qolgan raqiblaridan vazni og‘irroq bo‘lgan sportchi ular bilan bir xilda tosh ko‘tarsa, pastroq o‘rindan joy oladi. Doston Yoqubov 5-o‘rin egasi bilan bir xilda tosh ko‘tardi va o‘zining vazni undan og‘irroq bo‘lgani uchun 7-o‘ringa ravo ko‘rildi.
Siltab ko‘tarishda o‘zbekistonlik sportchi oltinchi natija qayd etdi. Uning umumiy natijasi ham 6-o‘ringa teng bo‘ldi. Shu tariqa Doston Yoqubov 9 avgust sanasida o‘z omadini sinab ko‘rgan so‘nggi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi va shu kuni delegatsiya a’zolari medallarsiz qoldi.
Izoh (0)