Qozog‘istonning Chimkent shahrida politsiya xodimlari mahalliy bog‘da o‘zini yoqib yuborishga uringan ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda, Janubiy Qozog‘iston ichki ishlar departamenti bayonotiga asoslanib, Kazakhstan Today nashri xabar bermoqda.
8-avgust kuni yo‘l-patrul politsiyachilari — politsiya serjanti Nurbol Muqashev va kichik serjant Ablay Mirzahmet o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qoldi. Abay nomidagi shahar bog‘iga so‘rov bo‘yicha yetib borgan huquq-tartibot xodimlari yonayotgan ayolni ko‘rdi. Ular olovni o‘chirib, tez yordam chaqirdi.
1971-yilda tug‘ilgan ayol o‘zi ustiga benzin yoki boshqa yonuvchi suyuqlik quyib, o‘ziga o‘t qo‘ygani aniqlandi. Uning motivlari noma’lumligicha qolmoqda. Tanasida kuchli kuyish izlari bo‘lgan ayolga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea yuzasidan jinoiy ish ochildi, tergov harakatlari boshlab yuborildi.
Izoh (0)