Rio-de-Janeyro Olimpiadasining akademik eshkak eshish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahboz Xolmirzayev chorak finalni muvaffaqiyatsiz yakunladi.
Olti nafar sportchi ishtirok etgan chorak finalda Shahboz marraga eng so‘nggi bo‘lib yetib keldi va yarim final chiptasini boy berdi.
Shahboz Xolmirzayev Olimpiadadagi ishtirokini davom ettirib, 13—24-o‘rinlardan birini qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi. Medallar uchun kurash esa uning uchun o‘z yakuniga yetdi.
Izoh (0)