Toshkentda bahorda rekonstruksiya ishlari munosabati bilan yopilgan Taraqqiyot ko‘chasi bo‘ylab avtotransport harakati boshlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Yo‘ldan o‘tgan tramvay liniyasi olib tashlanib, yo‘l olti chiziqqa ega bo‘ldi.
Ta’mirlash ishlari davom etmoqda — yo‘l ishoralari hali chizilmagan, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi bilan kesishadigan chorraha asfaltlanmagan, svetoforlar o‘chirilgan, lekin, shunga qaramay, avtomobillar ikki tomonga erkin o‘tib-qaytmoqda.
Yaqin vaqt ichida Taraqqiyot ko‘chasining davomi bo‘ladigan va uni Ohangaron shossesi bilan bog‘laydigan yangi ko‘cha ochilishi kutilmoqda.
Izoh (0)