XXR harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyotlar Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollar uzra patrul parvozini amalga oshirdi. Bu haqda, harbiy-havo kuchlari vakili Shen Szinkening bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Patrulni amalga oshirgan samolyotlar ichida H-6 strategik bombardimonchisi va Su-30 qiruvchisi borligi aytilmoqda. Parvoz Nansha va Xuan’yan orollari hududida amalga oshirildi.
Shuningdek, ko‘rsatilgan hududga olis radiolokatsion aniqlash samolyotlari, razvedkachilar va havoda yoqilg‘i quyuvchi kemalar yuborildi.
Harbiy-havo kuchlari vakilining ta’kidlashicha, shu yo‘l bilan Xitoy dengiz ustidagi harakatlarga hamda turli tahdidlarga javob berishga tayyorlikni oshirdi.
Izoh (0)