Xitoylik arxeologlar Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumani hududidagi Inshan tog‘larida ming yoshdagi petrogliflarni — qoyatosh rasmlarini aniqladi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bayan-Nur shahar okrugi Urad-Chjunsi xoshuni madaniy meros boshqarmasi rahbari Lyu Binning so‘zlariga qaraganda, rasmlar orasida turli jonivorlar, jumladan, qo‘y, tuya, los, yo‘lbars va bo‘rilarning tasvirlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ekspertlarning fikricha, topilma ming yil oldingi davrga oid.
Arxeologlar qoyatosh suratlari Janubi-G‘arbiy Xitoydagi Sichuan provinsiyasida istiqomat qiluvchi syan elatining ajdodlari bo‘lmish ko‘chmanchi qabilalarga mansub deb hisoblamoqda.
Izoh (0)