Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning tanqidiga javob berdi. Bu haqda Championat Asia xabar bermoqda.
Oldinroq Mourinyo Yevro–2016 ning so‘nggi daqiqalarida Ronaldu Portugaliya terma jamoasining muvaffaqiyatiga hech qanday hissa qo‘shmagani haqida aytgan edi.
Bundan bir necha soat o‘tib Krishtianu Instagram tarmog‘iga surat joyladi va unga quyidagi so‘zlarni qo‘shib qo‘ydi: “Tezda esla”.
Nashrning ta’kidlashicha, Ronaldu bu surat bilan shunday demoqchi: “Biz chempion bo‘ldik va qolgani ahamiyatga ega emas”.
Ronaldu va Mourinyo 2010–2013-yillarda “Real”da birga ishlashgan.
Izoh (0)