Braziliyalik muxlislar “Marakana” stadionida bugun, Toshkent vaqti bilan 6-avgust tongida Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimida mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Mishel Temerning so‘zga chiqishiga to‘sqinlik qildi. Siyosatchining 10 soniya davom etgan chiqishini muxlislar hushtakbozlik bilan kutib oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Braziliya prezidenti Dilma Russeffning impichment jarayonida vaqtincha chetlatilishi munosabati bilan davlat rahbari majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan Temer Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari rasman ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng, tantanali musiqa yangradi va osmonga mushaklar otildi. Ammo, “TASS” muxbirining qayd etishicha, hushtakbozlik mushaklar otilayotgan vaqtda ham tinmadi. Bundan tashqari, “Yo‘qol, Temer!” kabi hayqiriqlarni eshitish ham mumkin edi.
5-avgust, juma kuni Kopakabana sohilida Russeffning impichmentigaga qarshi namoyish aksiyasi o‘tkazildi. Mishel Temerning siyosatidan norozi bo‘lgan namoyishchilar uni iste’foga chiqishga chaqirdi.
Izoh (0)