“AvtoVAZ” korporatsiyasi Lada Vesta EV nomli ikkinchi elektromobilini taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hozircha ikkita seriyaoldi ekzemplyari mavjud, lekin 2017-yilga kelib esa korxona sotuvlarga rasman start berishni rejalashtirmoqda. Avtogigant nafaqat davlat kompaniyalari, balki yakka xaridorlar ham yangi mashinaga qiziqish bildirishiga umid qilmoqda.
Shuningdek, model arzonroq bo‘lishi uchun “AvtoVAZ” davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishini kutmoqda. Ekspertlarning fikricha, Lada Vesta EV faqat arzon narxlardagina xaridorgir bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)