O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24-avgust kungi raqibi o‘zgardi. Rejaga ko‘ra shu kuni Toshkentda Yaman terma jamoasi mehmon bo‘lishi kerak edi.
O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yamandagi Sano aeroportida vaziyat yomonlashgan va u o‘nglanmaguniga qadar futbolchilar mamlakat tashqarisiga chiqa olmaydi. Shu sababli Yaman Futbol Federatsiyasi bosh kotibi Hamid Ash-Shayboniy vaziyatni to‘g‘ri tushunishni so‘rab, O‘FFga maktub yo‘llagan.
1-sentabr kuni Suriya milliy terma jamoasiga qarshi JCh—2018 saralashi doirasida maydonga tushadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaman o‘rniga zudlik bilan raqib topdi. 24-avgust kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Afrikaning Burkina-Faso terma jamoasi mehmon bo‘ladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Samvel Babayan bilan yig‘inni 20-avgust kuni boshlashi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi qora qit’aning boshqa bir a’zosi Ekvatorial Gvineya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo‘lgandi.
Izoh (0)