Italiya senati o‘ng markaz oqimining 47 yoshli vakili Antonio Karidini mafiyaga aloqadorlikda gumon qilib, parlament immunitetidan mahrum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Xabarda qayd etilishicha, senat uning zudlik bilan hibsga olinishini ma’qulladi.
Rejo-di-Kalabriya shahri prokuraturasi Karidini mamlakatning “Ndrangeta” jinoiy guruhiga aloqadorlikda gumon qilmoqda. O‘z navbatida senator barcha ayblovlarni inkor etib, aybsiz ekanini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)