Litva Yevropa Ittifoqi tomonidan belgilangan kvota doirasida qochoqlarning navbatdagi guruhini qabul qildi. Bu haqda jurnalistlarga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yustas Pankauskas ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Gretsiyadan qochoqlarning ikki oilasi — o‘n bir kishi joylashtirildi”, — deya ta’kidladi u.
1-avgust, dushanba kuni Litva suriyalik ikki oila — 12 nafar qochoqni qabul qilgan edi. Shu tariqa, Yevropa Ittifoqi dasturi bo‘yicha Boltiq davlatiga jami 73 kishi joylashtirildi.
Litvaga Yevropa Ittifoqi tomonidan belgilangan kvota bo‘yicha yetib kelayotgan (1 105 kishi) kishilar Rukla shahridagi qochoqlarni qabul qilish markaziga uch oyga joylashtiriladi. Bu yerda ular Litva tili, jamiyat tizimi, tarixi va madaniyati bilan tanishadi. Shundan so‘ng ular Litva bo‘ylab taqsimlanadi.
Izoh (0)