Ukrainadan chiqib ketgan Janubiy Koreyaning Daewoo firmasi ostidagi avtomobillar mamlakat bozorida Ravon brendi ostida yana paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Uincar.ru”.
Ukrainaliklarni yangi avtomobillar bilan tanishtirish uchun Kiyevda rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi va u yerda Ravon tomonidan taqdim etiladigan Daewoo Gentra va Ravon R2 rusumli avtomobillar ko‘rsatiladi.
Daewoo Gentra avtomobili Chevrolet Lacetti’ning davomchisi. Ravon R2 esa Ukrainada avval taqdim etilmagan Chevrolet Spark’ning nusxasi sanaladi.
Mazkur avtomobillarning Ukraina bozoridagi narxi hozircha ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)