2016-yilning iyul oyida Gollandiyada iste’mol mahsulotlari va xizmatlar o‘rtacha 0,3 foizga pastladi. Bu haqda qirollikning Markaziy statistika boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, Gollandiyada deflyatsiya 1987-yilning dekabr oyidan buyon, ya’ni, deyarli 29 yilda ilk marta qayd etildi.
Iste’mol mahsulotlari narxining umumiy pasayishiga benzin hamda gaz va elektr energiyaning arzonlashib ketishi sabab bo‘ldi. Umuman olganda, gollandiyaliklarning elektr energiya sarflashi 2015-yilning iyul oyiga nisbatan 8,3 foizga kamaydi.
So‘nggi 15 yil ichida, rasmiy statistikaga ko‘ra, Gollandiyada inflyatsiya yiliga o‘rtacha 2 foizni tashkil qildi. Mamlakat Markaziy statistika boshqarmasi tomonidan eng past teskari inflyatsiya 1987-yilning yanvarida qayd etilgan. O‘shanda ko‘rsatkich -1,3 foizni tashkil qilgan.
Izoh (0)