Fransiyaning Le-Man shahridagi qamoqxonada garovga olingan ikki kishi ozod qilindi, jinoyatchining o‘zi esa qo‘lga olindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari nomi keltirilmayotgan mahbus boshqa bir mahbusni va qo‘riqchilardan birini garovga olgani ma’lum bo‘lgan edi. Muzokaralar bilan bir paytda tutqunlarni ozod qilish operatsiyasi ham boshlab yuborildi. Bir necha daqiqa muqaddam Fransiya maxsus mo‘ljal kuchlari garovdagilarni qutqarib oldi.
Mahbus giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi tufayli qamalgan bo‘lib, 2021-yilgacha hibsda o‘tirishi lozim edi.
Izoh (0)