Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida yozning yomg‘irli kunlaridan birida Toshkentdagi chorrahalardan birida keskin harakat qilgan Spark’ning videosi paydo bo‘ldi.
Hodisa Bog‘ishamol va Shahriobod ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. Spark Agrar universitet tomonidan harakatlanib kelib, keskin chapga burilgan va o‘ziga xos driftni amalga oshirgan. So‘ng o‘z yo‘nalishini to‘g‘rilab, Shahriobod ko‘chasi bo‘ylab harakatda davom etgan.
Video muallifi: “Drift qilishni xohlab qoldingmi? Evi bilan qil!”, — deb izoh qoldirgan. Videoxabar ostida fikr bildirgan boshqalar ham Spark haydovchisining bu keskin harakatini tanqid ostiga olgan.
“Ikki hafta avval xuddi shu chorrahada xuddi shunday manzaraga guvoh bo‘lgan edim. O‘sha safar driftchi avtomobil mashinalar oqimiga urilib ketishiga bir bahya qolgan edi”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
Ayni vaqtda, “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri avtomobil tasodifan shunday harakat qilgan bo‘lishi mumkinligini yozgan. “Avtomobil haydashni yozning quruq kunlarida o‘rgangan tajribasiz haydovchilar yomg‘irda mana shunday holatga tushishi mumkin”, — deyiladi kommentda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)