CB Insights tahlil kompaniyasi yirik kompaniyalarning eng muvaffaqiyatsiz mahsulot yechimlari bo‘yicha namunalarni e’lon qildi, deb yozadi “Vc.ru”. 101 ta banddan iborat ro‘yxatga Apple, Pepsi, Facebook va boshqa brendlar loyihalari kirdi. Maqolada ularning eng diqqatga sazovorlarini keltirib o‘tamiz.
Coca-Cola’dan New Coke (1985-yil)
80-yillar o‘rtalarida gazli ichimlik ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar tomonidan jiddiy raqobatga duch kelgach, Coca-Cola o‘z ichimligining klassik formulasini o‘zgartirib, original “kola”dan biroz shiraliroq bo‘lgan yangi — New Coke brendini yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Sinovlar muvaffaqiyatli kechganiga qaramay, kompaniya iste’molchilarning ayblovlari ostida qoldi, ular Coca-Cola ularga tanlash imkoniyatini taqdim etmaganini ta’kidladi. Oxir-oqibat, Coca-Cola klassik formulaga qaytdi.Facebook Phone smartfoni (2013-yil)
2013-yilda Facebook Android operatsion tizimi boshqaruvidagi smartfonlar uchun o‘z interfeysini taqdim etdi, u Facebook Home deb nom oldi. Ushbu interfeysga ega birinchi telefon HTC First bo‘ldi, uni Facebook Phone deb atashdi. Bosh ekranda do‘stlar yuborgan xabarnomalar hamda bildirishnomalar aks etardi. Talab kamligi tufayli, qurilmani sotish bilan shug‘ullangan AT&T kompaniyasi ularning narxini keskin tarzda 99 dollardan 99 sentgacha pasaytirdi. 2016-yilda loyiha yopildi.Twitter Peek (2009-yil)
Peek kompaniyasi 2009-yilda Twitter Peek qurilmasini chiqardi, uning yordamida Twitter foydalanuvchilari yangiliklar tasmasini tekshirib, tvitlar jo‘natishi mumkin edi. Ammo qurilma faqat so‘nggi 20 ta xabarni ko‘rsatardi, xolos, foydalanuvchilar uni behuda deb topdi.Pepsi Crystal (1992-yil)
90-yillarda PepsiCo kofeinsiz Pepsi — Pepsi Crystal ichimligini chiqardi. Kompaniya bu bilan odamlarning sog‘lom ovqatlanishga qiziqishini mustahkamlamoqchi bo‘ldi. Biroq klassik Pepsi’ga o‘rgangan iste’molchilarda sitrus mevalar ta’miga ega shaffof ichimlik yaxshi taassurot qoldirmadi.Mp3-pleyerga ega Oakley ko‘zoynaklari (2005-yil)
Ko‘zoynak va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Oakley 2005-yilda mp3-pleyerli Oakley Thump ko‘zoynaklarini chiqardi. CB Insights tahlilchilari yozishicha, ko‘zoynak juda qimmat (495 dollar) bo‘lib, so‘nggi urfga mos bo‘lmagan, pleyerdagi tovush esa juda past bo‘lgan.Microsoft’dan Zune mp3-pleyeri (2006-yil)
2006-yilda Microsoft Zune mp3-pleyerini chiqardi, u iPod’ga raqobatchi bo‘lishi kerak edi. Foydalanuvchilar qurilma haqida ijobiy fikrlar bildirdi, xususan, ularni boshqa Zune foydalanuvchilari bilan musiqa ayirboshlash imkoniyati o‘ziga jalb qildi. Ammo bu ommaboplikda Apple pleyeridan o‘zib ketish uchun yetarli bo‘lmadi. 2011-yilda Microsoft Zune ishlab chiqarishni to‘xtatganini e’lon qildi.Apple’dan Pippin o‘yin pristavkasi (1995-yil)
90-yillar o‘rtalarida Apple o‘yin pristavkasini yaratish bo‘yicha yagona urinishini amalga oshirdi. 1995-yilda kompaniya ham o‘yin, ham internetga ulanish uchun mo‘ljallangan konsolni taqdim etdi. Apple qurilma litsenziyasini begona kompaniyalarga sotish niyatida edi. Pippin’ni chiqarish bilan shug‘ullangan yagona firma Yaponiyaning Bandai kompaniyasi bo‘ldi. Jami 42 mingdan 100 mingtagacha qurilma chiqarildi.
Izoh (0)