Polshaning Chenstoxova shahri okrug prokuraturasi Rossiyaning yengil motorli samolyoti uchuvchisi parvozlar cheklangan zonaga kirishi yuzasidan ish ochdi. Bu haqda, idora matbuot kotibi Tomash Ozimekning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Prokuror 2016-yilning 29-iyul kuni RF fuqarosi tomonidan parvoz cheklangan zonaning buzilishi fakti bo‘yicha tergov boshlashga ko‘rsatma berdi. Cheklov Polsha havo navigatsiyasi agentligi tomonidan Butundunyo katolik yoshlari kuni munosabati bilan o‘rnatilgan edi. Gap Polsha davlat chegarasini tegishli ruxsatsiz buzib kirish haqida ketmoqda”, — ma’lum qildi matbuot kotibi.
Izoh (0)