Saudiyalik ayol sportchilar tarixda ikkinchi bor Olimpiada bellashuvlarida ishtirok etadi, deb yozdi “TASS”.
Rio—2016 ga saudiyalik to‘rt nafar ayol sportchining tashrif buyurishi haqida “TASS” France-Presse nashriga tayandi. London—2012 Olimpiadasida saudiyalik ayol sportchilar soni ikki nafarni tashkil qilgandi.
Yugurish bellashuvlarida Sara Al-Attor Saudiya Arabistoni sharafini himoya qiladi. U London—2012 Olimpiadasida ham ishtirok etgan bo‘lib, marraga qolgan raqibalaridan 30 soniyalik farq bilan kechroq kelgandi. Rioda u marafon bellashuvlarida omadini sinab ko‘radi.
Olimpiadada dzyudochi Vujud Fahmi, qilichboz Lyubna Al-Umar va yana bir yuguruvchi Kariman Abu Ad-Jadail kabi ayollar ham Saudiya nomidan qatnashadi.
Bu sportchilar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan maxsus taklifnoma olgan bo‘lib, Olimpiada o‘yinlarining saralash bosqichlarida ishtirok etmagan.
Izoh (0)