AQShning Kaliforniya shtati Monterey shahridagi Ambrosia firmasi mutaxassislari qon plazmasi yordamida odamlarni yoshartirish bo‘yicha ilk tajribalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu usul qari va yosh sichqonlarning qon aylanish tizimlari birlashtirilgan parabioz tadqiqoti natijalariga asoslangan, deb xabar bermoqda Science.
Firma asoschisi hisoblangan shifokor Jessi Karmazin yosh insonlarning 35 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngilli kishilarga quyiladigan qon plazmasi ta’sirini o‘rganmoqchi. Tajribada jami 600 kishi ishtirok etadi va ularga 8 ming dollardan to‘lanadi. Donorlarning yoshi 25 dan oshmagan bo‘lishi kerak. Tajribaning har bir ishtirokchisi ikki kun mobaynida 1,5 litr qon qabul qilib oladi. Ko‘ngillilarning qoni muolajadan oldin va bir oydan keyin biokimyoviy o‘zgarishlarga tekshiriladi. Ishtirokchilar qon bankidan plazmani olish, laboratoriya tahlillari va sug‘urta xarajatlarini qoplashi hamda bioetika bo‘yicha komissiya ruxsatini olishi kerak bo‘ladi.
Mazkur tajriba bir qator mutaxassislar tomonidan tanqid ostiga olingan edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, insonda o‘tkaziladigan tajribalar muvaffaqiyatli bo‘lishiga klinik dalillar mavjud emas.
Izoh (0)