Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShdagi Miss Teen USA go‘zallik tanlovi muxlislari musobaqa finalchilari deyarli bir xil ko‘rinishga egaligiga e’tibor qaratdi. Ularning bari ko‘k ko‘z, sariq soch qizlar bo‘lib, bir qarashda birini boshqasidan ajratib olish oson emas. Shu bois muxlislar musobaqa hakamlarini biryoqlamalikda aybladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Foto: The Independent

Foto: The Independent

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan tayyorlangan fotokollajda yaqqol ko‘rinib turganidek, besh finalchi bir-biriga juda o‘xshaydi.

“Hakamlar og‘ir tanlov oldida turgan edi”, — deb kinoya qildi model Krissi Teygen.

“Miss Teen USA’dagi xilma-xillik menga juda yoqadi. Turli millat qizlari! Shoshmang...”, — deb hazillashdi Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Hakamlar bu muhokamalarga e’tibor bermay, o‘z ishini davom ettirdi. G‘olib deb texaslik Karli Xey tan olindi. Ilgariroq bu qiz Twitter’da joylashtirgan irqchilik ruhidagi bayonotlari tufayli musobaqadan chetlashtirilishiga bir baxya qolgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...
Texnologiyalar
ChatGPT’da yangi funksiya paydo bo‘ldi
Sport
Rasman: Angelos Postekoglu “Tottenhem” bosh murabbiyi