30-iyul, shanba kuni “Hilol nashr” matbaasiga O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov tashrif buyurdi. Bu haqda “Muslimaat.uz” xabar bermoqda.
Abdulla Oripov bilan suhbat asnosida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni xotirlash, u kishi asos solgan nashriyot va uning xodimlari bilan yaqindan tanishish hamda u qoldirgan ilmiy merosning xalq qo‘liga qay ko‘lamda yetib borayotgani haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida tashrif buyurganini ta’kidlab o‘tdi.
Nashriyot xodimlari ishtirokida davra suhbati uyushtirildi. Suhbatda Abdulla Oripov Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni bilan kechgan xotiralarini bilan yodga oldi.
“Shayx Muhammad Sodiq janoblari yuz-ikki yuz yilda bir keladigan insonlardan edi. U kishidan biz juda ko‘p narsa o‘rganganmiz. Dunyoqarashi o‘ta keng, haqiqiy alloma edi. Xalqimizni dunyoga tanitgan chin o‘zbek o‘g‘lonlaridan, daholardan edi. Men doim aytaman, u kishining parvozlari Abu Rayhon Beruniy, imom G‘azzoliylarning parvozlariga monand edi…”, — dedi atoqli shoir.
Abdulla Oripov Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning farzandi Ismoil Muhammad Yusuf bilan samimiy suhbat qilib, olib borayotgan faoliyatiga yuqori baho berdi va bu ilm-ma’rifat yo‘lida yanada bardam bo‘lishini aytib, ezgu tilaklar bildirdi.
Izoh (0)