Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi “Nortgeyt” mehmonxonasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Mehmonxona ichida chet el fuqarolari bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Mazkur joy oddiy fuqarolar istiqomat qiladigan hududdan uzoqda joylashgan va chet elliklar uchun hashamatli hisoblangan.
Avvalroq mehmonxona oldida yuk mashinasi portlaganidan so‘ng, to‘rt kishi binoga hujum qilishga uringani ma’lum bo‘lgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)