Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasidagi Suriya inqirozi masalasidagi qarama-qarshilik ikki mamlakatning hamkorligi umumiy ahvoliga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Al-Jubayrning ta’kidlashicha, Suriya masalasidagi qarashlarni yaqinlashtirish bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi maslahatlashuvlar va o‘zaro muvofiqlashtirish davom etmoqda.
“Saudiya Arabistoni turli sohalarda Rossiya bilan eng yaxshi aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdor”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Saudiya Arabistoni TIV rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi asosiy ziddiyat Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asadning lavozimini tark etishi masalasidir.
Izoh (0)