Internetda Rossiyaning Mi-8 harbiy-transport vertolyoti halokatga uchragan joyidan suratlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Cho‘l o‘rtasida hamon yonib turgan vertolyot qoldiqlari ko‘rinib turibdi.
Vertolyot Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirilgan. Havo kemasida besh kishi – uch nafar ekipaj a’zosi hamda ikki nafar ofitser bo‘lgan.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov halokat oqibatida harbiylar halok bo‘lganini, ammo ularning soni aniq emasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)