Anqara prokuraturasi muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen bilan hamkorlikda gumon qilinayotgan 44 nafar oliy martabali amaldorni qo‘lga olishga ruxsat berdi. Bu haqda, Anadolu agentligiga tayanib, “TASS” xabar qildi.
Amaldorlar ichida gubernatorlar va ularning o‘rinbosarlari mavjud. Hozirga qadar 33 kishi hibsga oldi, qolganlar qidirilmoqda.
Izoh (0)