Turkiya kuch tuzilmalari xodimlari NATO harbiy-havo kuchlariga xizmat ko‘rsatadigan Injirlik aviabazasini o‘rab oldi. “RBK”ning Hurriyet nashriga tayanib bildirishicha, bunga sabab sifatida harbiy bazadan 8 kilometr narida joylashgan Adana shahrida to‘ntarish uyushtirilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘rsatilmoqda.
Harbiy obyekt 30-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da qurshab olindi. Hozir bazani 7 ming harbiy bloklab turibdi. Barcha chiqish va kirishlar bekitilgani aytilmoqda.
Turkiya Yevropa ishlari vaziri Umar Chelik Twitter’dagi sahifasi orqali aviabaza o‘rab olinmaganini, u yerda xavfsizlik tizimlari tekshiruvi ketayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)