Meksika g‘arbidagi Pemex neft-gaz va neft-kimyo kompaniyasi neft quvuri yaqinidan to‘qqiz kishining jasadi topildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, sakkiz kishining tanasi yonib ketgan avtomobil ichidan, to‘qqizinchi jasad esa transport vositasi yaqinida topilgan.
Prokuratura voqea yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.
Izoh (0)