Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi “Real” Xalqaro Chempionlar Kubogidagi ikkinchi o‘yinida “Chelsi” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Madrid klubi birinchi bo‘limning o‘zidayoq 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Marselo bellashuvda dublga erishgan bo‘lsa, yana bitta to‘p Dias nomiga yozildi.
“Chelsi”ni yirik mag‘lubiyatdan Eden Azar qutqarib qoldi. Uning 80 va 91-daqiqada kiritgan gollari hisobning 3:2 bo‘lishini ta’minladi.
“Real” turnirdagi birinchi o‘yinni “PSJ”ga qarshi o‘tkazib, 1:3 hisobida yengilgandi. “Chelsi” esa ilk o‘yinda “Liverpul” ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan.
3 avgust kuni har ikki klubni yana 1 tadan o‘yin kutib turibdi. “Real” Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Bavariya” bilan, “Chelsi” esa Italiyaning “Milan” klubi bilan to‘qnash keladi.
International Champions Cup—2016 Enn-Arbor, AQSh 30-iyul, shanba
Izoh (0)