Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori plyajlari bir muddat yopiq turganidan so‘ng yana ishga tushdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Ko‘p yillar davomida bunday zonalarga qo‘yiladigan elementar talablarga nomuvofiqligi bois tanqid ostiga olingan plyajlar nihoyat dam olish va cho‘milish uchun xavfsiz joyga aylandi.

Eng ko‘p aholi tashrif buyuradigan plyajlardan biri — “Yusufxona”da sohilbo‘yi hududi chiqindilardan tozalandi, suvda to‘siqlar paydo bo‘ldi, katamaranlar va katerlar turargohi alohida joylashtirildi.

Avtomobillarga plyaj hududiga kirish taqiqlandi — avtoturargohdan plyajgacha piyoda borish lozim bo‘ladi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Qirg‘oq bo‘ylab soyabonlar o‘rnatildi, ularni shezlonglar bilan birga ijaraga olish mumkin. Yopiq topchanlar o‘rniga ko‘rpacha va kursilarga ega chodirlar o‘rnatildi.

“Chorvoq oromgohi” dam olish hududi plyajida ham cho‘miluvchilar hamda qayiq-katamaranlar hududlari ajratib qo‘yildi.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, barcha talablarga javob beradigan plyajlar Chorvoqda ilgari ham bor edi (masalan, “Sharshara”), lekin aksariyati bunday emas edi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

May oyining oxirida Vazirlar Mahkamasi plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish talablarini tasdiqlagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi