AQSh prezidentligiga nomzod, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton saylovchilar orasidagi mashhurlik jihatdan respublikachilar vakili, raqibi Donald Trampdan 6 foizga o‘zib ketdi. Bu haqda, Reuters va Ipsos xalqaro sotsiologik markazi o‘tkazgan so‘rov yakunlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Klintonga respondentlarning 40,5 foizi ovoz berishga tayyor. Trampga esa 34,6 foiz kishi simpatiya bildirdi. Shu tariqa, Klinton Trampdan 6 foizga oshmoqda.
Ilgarigi so‘rov yakunlari ham Klintonning foydasiga hal bo‘lgan edi. Bu safar u natijalarini biroz yaxshiladi.
Izoh (0)