AQSh dengiz piyoda askarlarining F/A-18C qiruvchi-bombardimonchi samolyoti Kaliforniya cho‘lida halokatga uchradi. Aviahalokat oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Dengiz piyoda askarlari vakillarining ma’lum qilishicha, qiruvchi Los-Anjelesdan 225 kilometr sharqda joylashgan Tventinayn-Palms shahri hududida mashg‘ulot o‘tayotgan vaqtda yerga qulagan.
Halok bo‘lgan uchuvchining shaxsi hozircha aniqlanmagan, ammo u San-Diyego yaqinidagi 3-dengiz aviatsiya qanotida xizmat o‘tagani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)