Amerikalik olimlar ingliz buldoglari qirilib ketish xavfi ostida degan xulosaga keldi. Tadqiqot natijalari Canine Generetics and Epidemiology nashrida chop etildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
139 ta it DNKsining tahlil ko‘rsatkichi ushbu turga sezilarli darajada genetik xilma-xillik yetishmayotganligini ko‘rsatdi.
Bu seleksionerlarning mavjud genofond asosida sog‘lomroq fenotipni yaratish imkoniyatini kamaytiradi.
Olimlarning fikricha, muammoning sababi azaldan ushbu turning kam sonli ekanligidadir. “Muayyan fenotipik va genetik xilma-xillik hali ham mavjud, biroq bu turni sog‘lomlashtirish uchun yetarli bo‘lish-bo‘lmasligi — mavhum masala”, — deya ta’kidladi tadqiqotchilar.
Ingliz buldogi Angliyaning milliy iti hisoblanadi.
Izoh (0)