Osiyodagi eng baland osmono‘par binolaridan biri bo‘lgan Shanxaydagi Szin Mao binosi 28-iyul, payshanba kuni o‘z tashrifchilari uchun to‘siqlarsiz kuzatuv maydonchasini ochdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Szin Mao binosining balandligi 421 metrni tashkil etadi. Binoning eng baland qavati esa 366 metr balandlikda joylashgan. Kuzatuv maydonchasi esa biroz pastroqda – 340 metr balandlikda ochildi.
Ushbu maydonchaning boshqalardan farqi to‘siqlarning yo‘qligida. Xohlovchilar shishali platformaning eng chetiga kelib, osilib turish imkoniyatiga ham ega. Xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha tashrifchilar xavfsizlik trosini taqadi.
Kuzatuv maydonchasiga bir vaqtning o‘zida 15 kishidan oshmagan guruh kiritiladi. Maydonchaga chiqish uchun chipta 58 dollar turadi.
Izoh (0)