General-leytenant Xalifa Xaftarga bo‘ysunuvchi Liviya armiyasining bo‘linmasi terrorchilardan Bengazi g‘arbidagi strategik muhim al-Gavarisha tumanini ozod qildi. Bu haqda 29-iyul, juma kuni Al Arabiya telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Biz terrorchilarga jiddiy zarba berdik, bu ulkan g‘alaba. Biz bir kilometr sharqda joylashib olgan jangarilarni ta’qib etmoqdamiz”, — deydi Liviya milliy armiyasi bosh qo‘mondonligining matbuot xizmati rahbari Xalifa al-Obaydiy.
Al Arabiya telekanalining qayd etishicha, al-Gavarisha tumanini ozod qilish bo‘yicha operatsiya davomida olti nafar harbiy xizmatchi qurbon bo‘lgan. Jumladan, to‘rt nafar maxsus topshiriqli bo‘linma xodimi fugasda portlab halok bo‘lgan.