OAV: Hindistonda binoning qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Hindistonda binoning qisman qulab tushishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana o‘ndan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda ANI agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, hodisa Hindistonning Puna shahri yaqinida yuz bergan.
Gap qurilayotgan binoning qisman qulashi haqida bormoqda. Yuz bergan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
