“Buxoro” klubi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga yo‘llanma oldi. Chorak final javob o‘yinida “Qo‘qon—1912” ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan buxoroliklar, endi O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynash uchun harakat qiladi.
Qo‘qonda kechgan birinchi o‘yin 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgandi. Javob o‘yinida Salomat Qutiboyev va Shavkat Salomov tomonidan urilgan gollar “Buxoro”ni yarim final ishtirokchisiga aylantirdi.O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga birinchi bo‘lib Toshkentning “Lokomotiv” klubi yo‘l olgandi. Bugun — 29-iyul kuni final ostonasidagi uchinchi jamoa nomi ham aniq bo‘ladi. Bu yo‘lda “Nasaf” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qiladi. Tomonlarning vodiyda kechgan o‘yinida Qarshi klubi 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Chorak finalning to‘rtinchi juftligini “Bunyodkor” va “Metallurg” klublari tashkil etilgan bo‘lib, tomonlar dastlabki uchrashuvni 29-iyul kuni o‘tkazadi.
Yarim finalda “Lokomotiv”ning raqibi “Bunyodkor” — “Metallurg” juftligi g‘olibi bo‘ladi. “Buxoro” esa “Nasaf” — “Andijon” juftligi g‘olibiga qarshi final uchun maydonga tushadi.
Izoh (0)