2016-yilning 26—28-iyul kunlari Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni Podshohligi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar yuqori mansabdor shaxslarining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
IHTda ishtirok etuvchi davlatlar vakillari Tashqi ishlar vazirlarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi hamda tashkilotni yanada rivojlantirish, global va mintaqa kun tartibiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Majlis davomida 2016-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida IHT TIVKning 43-sessiyasi davomida tasdiqlash uchun kiritilishi rejalashtirilayotgan hisobot va qarorlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)