Tesla Motors kompaniyasi AQShning Nevada shtatida qurilayotgan “Gigafabrika”sini ochdi. Zavod avtomobil ishlab chiqaruvchining barcha modellari, shuningdek, Tesla’ning boshqa loyihalari uchun litiy-ionli akkumulyatorlar ishlab chiqaradi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Zavodning Tesla mijozlari uchun tayyorlangan rasmiy taqdimoti 29-iyulga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu sanadan uch kun avval tadbirga jurnalistlar taklif qilingan.
OAVlarda ta’kidlanishicha, “Gigafabrika”ning hududi va qurilishi 14 foizga tayyor. Shunga qaramasdan, Powerwall statsionar zaryadlovchi qurilmasi uchun batareyalarning sinov uchun ishlab chiqarilishi allaqachon boshlangan.
Zavodga tashrif buyurgan jurnalistlar ko‘plab robotlashtirilgan texnikalarga e’tibor qaratdi. Qurilmalarning ko‘pchiligi hali ishga tushirilmagan, qurilish deyarli boshlang‘ich bosqichida bo‘lishiga qaramasdan, Tesla yil oxiriga qadar to‘liq ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2017-yilning ikkinchi yarmiga kelib “Gigafabrika” 31 foizga tayyor bo‘ladi. Shunga qaramasdan, kompaniya zavod tufayli 2018-yilga kelib avtomobil ishlab chiqarishning yillik hajmini 50 mingtadan 500 minggacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Uch yildan keyin esa korxonada 10 ming nafargacha kishi ishlaydi.
“Gigafabrika”ning qurilishi to‘liq yakunlanganda, uning maydoni 930 ming kvadrat metr yoki 262 ta futbol maydoniga teng bo‘ladi.
Izoh (0)