Rossiya federal bojxona xizmati boshlig‘i Andrey Belyaninov o‘z lavozimidan chetlashtirildi. Bu haqda “Gazeta.ru” hukumat saytiga tayangan holda xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, bosh vazir Dmitriy Medvedev Belyaninovning lavozimidan ozod etilishi haqidagi farmoyishni imzoladi.
“Belyaninov Andrey Yurevich Federal bojxona xizmati rahbari lavozimidan o‘z iltimosiga ko‘ra ozod etilsin”, – deyiladi farmoyishdi.
26-iyul kuni OAVlar federal bojxona xizmati boshlig‘i iste’fo so‘rab ariza yozgani haqida ma’lum qilgandi. Shu kunning o‘zida alkogol mahsulotlarini noqonuniy ravishda katta partiyalarda tegishli to‘lovlarsiz Bojxona ittifoqi chegarasi orqali olib kirilishi bo‘yicha tergov ishi yuzasidan Belyaninovning uyida tintuv o‘tkazildi.
Izoh (0)