Rim papasi Fransisk Polshaning Chenstoxov shahrida messa marosimini bajarishga kirishish oldidan yiqilib tushdi. AP namoyish qilgan videosyujetdan ma’lum bo‘lishicha, mehrobga qarab ketayotgan pontifik kutilmaganda muvozanatni yo‘qotib, yiqilib tushgan, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Boshqa din xodimlari 79 yoshli papaning oyoqqa turishiga yordam bergan. Shundan so‘ng u minbarga chiqib, va’z o‘qigan.
Voqeaning sabablari noma’lumligicha qolmoqda — u o‘zini yomon his qilgan yoki qoqilib tushgan bo‘lishi mumkin. Rim papasi radikulit xastaligidan aziyat chekadi.
Izoh (0)