“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar kataloniyaliklarning o‘yini jamoa yetakchisi Lionel Messiga bog‘lanib qolganini tan oldi va bundan uyalmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“O‘zim haqimda gapirishni xushlamayman, yaxshisi ‘Barselona’dan misol keltiraman. Bizda ajoyib futbolchilar ko‘p, ammo jamoa Messiga bog‘lanib qolganini inkor qilish mumkinmi? Albatta, biz unga bog‘lanib qolganmiz, buni tan olishdan uyalmayman. Umuman olganda, g‘alabaga hamma o‘z hissasini qo‘shadi. Ammo Messi – dunyoda eng zo‘ri, unga bog‘lanib qolishni istayman”, – dedi Neymar.
Izoh (0)