Turkiya hukumati mamlakatdagi harbiy to‘ntarishga urinishda qatnashgan harbiy texnika miqdori xususida ma’lumot berdi. Bu haqda, CNN Turk telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘ntarishda 35 qiruvchi, 239 zirhli harbiy mashina va 37 vertolyot ishtirok etgan.
Bundan tashqari, uch kema va yetti tank qo‘llangani aytilmoqda.
Tartibsizliklarda mamlakat harbiy kuchlarining 1,5 foizi ishtirok etgan.
Izoh (0)