Turkiya hukumati Zaman muxolifatchi gazetasi sobiq xodimlarining 47 nafarini hibsga olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Anadolu agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
25-iyul, dushanba kuni Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda aloqadorlikda gumon qilingan 42 nafar jurnalistni hibsga olish haqida buyruq berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 16-iyulga o‘tar kechasi isyonchilar guruhi tomonidan harbiy to‘ntarishga urinish amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)